Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Toshkentda to‘xtash va to‘xtab turish qoidabuzarliklariga qarshi choralar kuchaytiriladi

Qulay, xavfsiz va tartibli shaharni yaratish — Toshkent shahar hokimligi hamda Yo‘l harakatini tashkil etish markazining asosiy vazifalaridan biridir. Bu boradagi ishlar allaqachon bir necha yo‘nalishda olib borilmoqda: piyodalar uchun mo‘ljallangan joylarni bo‘shatish, bekatlarni tartibga solish, harakat xavfsizligini oshirish, jamoat transportini rivojlantirish va shahar muhiti sifatini yaxshilash.

Bu ishlarning keyingi bosqichi to‘xtash va to‘xtab turish qoidalarining buzilishiga nisbatan qat’iyroq chora ko‘rish amaliyotini joriy etishdan iborat bo‘ladi.

Poytaxtning turli tumanlarida avtomobillarning piyodalar yo‘laklarida, o‘tish joylari yaqinida, bekatlarda, yashil hududlarda, shuningdek, to‘xtash yoki to‘xtab turishni taqiqlovchi belgilar o‘rnatilgan joylarda qoldirilishi holatlari muntazam qayd etilmoqda. Bunday qoidabuzarliklar odamlarning xavfsiz va erkin harakatlanishiga, jamoat transporti, maxsus texnika va boshqa yo‘l harakati qatnashchilarining qatnoviga to‘sqinlik qiladi.

Ayniqsa, bunday vaziyatlar keksalar, bolalar aravachasidagi ota-onalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va bolalar uchun qiyinchilik tug‘diradi.

Shu munosabat bilan, shaharda bunday qoidabuzarliklarga nisbatan yanada qat’iy choralar ko‘rish amaliyotiga o‘tilmoqda. To‘xtash va to‘xtab turish qoidalarini buzgan holda qoldirilgan avtomobillar belgilangan tartibda evakuatsiya qilinib, maxsus jarima maydonchalariga joylashtiriladi.

Ushbu chora-tadbirlarning maqsadi — ko‘chalarda tartibni o‘rnatish, harakat xavfsizligini ta’minlash va shahar muhitining asosiy tamoyilini tiklash: jamoat joylari barcha aholi uchun ochiq, xavfsiz va qulay bo‘lishi kerak.

Haydovchilarni ogohlantiramiz: to‘xtash va to‘xtab turish uchun joy tanlayotganda yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qiling hamda avtomobillarni taqiqlangan, piyodalar, jamoat transporti, maxsus texnika harakatiga xalaqit beradigan yoki xavfsizlikka tahdid soladigan joylarda qoldirmang.

Toshkent — aholi uchun qulay shahar. Ko‘chalardagi tartib esa umumiy makonga bo‘lgan hurmatdan boshlanadi. 

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
22-may holatiga ko'ra "Xalq nazorati" portali ko'rsatkichlari
23.05.2026, 17:31
22-may holatiga ko'ra "Xalq nazorati" portali ko'r...

📊 22-may holatiga ko'ra, xalqnazorati.uz platformasi orqali 32 228 ta murojaat qabul qilingan. Joriy hafta davomida poy...

Qurbon hayiti bayrami va dam olish kunlarida kommunal xizmatlar barqaror ishlashini ta’minlash masalalari muhokama qilindi
23.05.2026, 14:12
Qurbon hayiti bayrami va dam olish kunlarida kommu...

Toshkent shahar hokimining qurilish, to‘siqsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalam...

Yoshlar bilan ochiq muloqot — kelajak sari muhim qadam
22.05.2026, 11:14
Yoshlar bilan ochiq muloqot — kelajak sari muhim q...

Payshanba – “Yoshlar kuni” munosabati bilan Yashnobod tumani hokimi B.Rahmankulovning yoshlar bilan ochiq muloqoti bo‘li...

Yakkasaroy tumanida piyodalar xavfsizligini ta’minlash masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
21.05.2026, 10:26
Yakkasaroy tumanida piyodalar xavfsizligini ta’min...

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Vasila Alimova tomonidan Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsi...

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya