Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

“JAC Motors Toshkent” zavodi ishga tushirildi

🗺“Yangi Avlod” maxsus sanoat zonasida “JAC Motors Toshkent” zavodining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

🇺🇿Ochilish marosimida Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov ishtirok etib, mazkur loyiha poytaxt sanoat salohiyatini oshirish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Tadbir doirasida O‘zbekistonda ishlab chiqarilishi boshlangan brendning ilk modeli — JAC M3 avtomobilini yig‘ish liniyasi rasman ishga tushirildi.

“JAC Motors Toshkent” MChJ Xitoyning JAC Motors kompaniyasi hamda “Toshkent invest kompaniyasi” AJ hamkorligida qo‘shma korxona shaklida tashkil etildi. Zavod ichki yonuv dvigatelli, gibrid va elektromobillar ishlab chiqarish loyihasidir.

Loyiha qiymati 135 mln AQSh dollari bo'lib, umumiy 30 gektar maydonda ikki bosqichda amalga oshiriladi.

Birinchi bosqichda 35 mln AQSH dollari miqdorida investitsiya o‘zlashtirilib, yillik 10 ming dona avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega SKD zavodi ishga tushirildi hamda 100 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Ikkinchi bosqichda esa to‘liq ishlab chiqarish sikliga ega CKD zavodini barpo etish, yillik quvvatni 30 ming dona avtomobilga yetkazish va qariyb 1000 ta qo‘shimcha ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan.



⚙️Kelgusida Toshkentda JAC M4, Sunray, JS8, RF8, T8 va T9 modellarini ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.

⚙️Mazkur loyiha poytaxtda yuqori texnologiyali sanoat tarmoqlarini rivojlantirish, avtomobil bozorida raqobatni kuchaytirish, aholiga sifatli va hamyonbop transport vositalarini taqdim etish hamda eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishga xizmat qiladi.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
22-may holatiga ko'ra "Xalq nazorati" portali ko'rsatkichlari
23.05.2026, 17:31
22-may holatiga ko'ra "Xalq nazorati" portali ko'r...

📊 22-may holatiga ko'ra, xalqnazorati.uz platformasi orqali 32 228 ta murojaat qabul qilingan. Joriy hafta davomida poy...

Qurbon hayiti bayrami va dam olish kunlarida kommunal xizmatlar barqaror ishlashini ta’minlash masalalari muhokama qilindi
23.05.2026, 14:12
Qurbon hayiti bayrami va dam olish kunlarida kommu...

Toshkent shahar hokimining qurilish, to‘siqsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalam...

Yoshlar bilan ochiq muloqot — kelajak sari muhim qadam
22.05.2026, 11:14
Yoshlar bilan ochiq muloqot — kelajak sari muhim q...

Payshanba – “Yoshlar kuni” munosabati bilan Yashnobod tumani hokimi B.Rahmankulovning yoshlar bilan ochiq muloqoti bo‘li...

Yakkasaroy tumanida piyodalar xavfsizligini ta’minlash masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
21.05.2026, 10:26
Yakkasaroy tumanida piyodalar xavfsizligini ta’min...

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Vasila Alimova tomonidan Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsi...

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya