Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Maxfiylik siyosati

1. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Kelishuv Toshkent shahar hokimining 2020 yil 14 sentyabrdagi “Xalq nazorati” elektron Servisini ishga tushirish chora-tadbirlarini to‘g‘risidagi 839-sonli qarori (keyingi o‘rinlarda – qaror) ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, bir tomondan «Xalq nazorati» elektron Servisi (keyingi o‘rinlarda – Servis) operatori va ikkinchi tomondan Servis Foydalanuvchisi o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

2. Servis Operatori o‘z faoliyatida o‘zining Nizomiga, qaror bilan tasdiqlangan “Xalq nazorati” elektron Servisida ma’lumotlarni qayta ishlash Reglamentiga (keyingi o‘rinlarda – Reglament) va Foydalanuvchilar tomonidan “Xalq nazorati” elektron Servisiga yuborilayotgan ma’lumotlarni moderatsiya qilish bo‘yicha yagona qoidalariga (keyingi o‘rinlarda – yagona moderatsiya qoidalari) va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi hamda istalgan paytda va keyinchalik Servis Foydalanuvchisini xabardor qilgan holda ushbu Kelishuv bandlarini o‘zgartirish, qo‘shimcha bandlar kiritish yoki bandlarini olib tashlash huquqini o‘zida saqlab qoladi.

3. Servis Foydalanuvchisi ushbu Kelishuv shartlari bilan tanishganlik uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.

4. Foydalanuvchi tomonidan Servis servislaridan foydalanishi, u tomonidan ushbu Kelishuv shartlarini to‘la hajmda qabul qilinganligini anglatadi.

2. Kelishuvda foydalaniladigan asosiy tushunchalar:

Ushbu Kelishuvda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

1. Foydalanuvchilar tomonidan Servisga jo‘natiladigan axborot – Foydalanuvchilar tomonidan Servisga yuboriladigan xabarlar (Servisga texnik yordam ko‘rsatish masalalaridan tashqari) va signallar.

2. Foydalanuvchilar tomonidan Servisga jo‘natiladigan axborotni qayta ishlash – Foydalanuvchilar xabarlarini tahlil qilish, tekshirish, ular tomonidan yuborilgan xabarlarni Servisda chop etish (Servisga texnik yordam ko‘rsatish masalalaridan tashqari), Foydalanuvchilar signallarini tahlil qilish va tekshirish, shuningdek ularning xabarlari va signallarini rad etish.

3. Servis operatori – Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasining “1055-Markaziy shahar dispetcherlik xizmati” (keyingi o‘rinlarda – Operator).

4. Servis foydalanuvchisi – Servisda ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar (keyingi o‘rinlarda – Foydalanuvchi). Foydalanuvchi Servis funksionallaridan muammo to‘g‘risidagi matnli sharhlar va/yoki fotomateriallarni xabar yoki signal shaklida yo‘naltirish uchun foydalanishi mumkin.

5. “Xalq nazorati” elektron Servisi - Internet tarmog‘ida www.xalqnazorati.uz manzilida joylashgan mas’ul ijrochilarga jismoniy shaxslardan kelib tushayotgan xabar va signallarini ko‘rib chiqish, ular bilan ishlashni optimallashtirish hamda hokimlik va shahar aholisi bilan o‘zaro hamkorligini oshirishga mo‘ljallangan interaktiv xizmati (keyingi o‘rinlarda – Servis) hisoblanadi.

6. Login – Servis xizmatlariga kirish uchun foydalaniladigan, foydalanuvchini Servisda aniqlashga imkon beradigan betakror belgilar ketma-ketligi.

7. Parol - login bilan bog‘liq bo‘lgan va Foydalanuvchi tomonidan Servis servislaridan foydalanish uchun qo‘llaniladigan harfli-raqamli simvollarning betakror ketma-ketligi.

8. Ro‘yxatdan o‘tish – Servis servislaridan foydalanish uchun imkoniyat yaratadigan Foydalanuvchi tomonidan shaxsiy hisobga olish qaydini yaratish jarayoni. Ro‘yxatdan o‘tish uchun Foydalanuvchi o‘zining pasport seriyasi raqami hamda JShShIR to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritishi kerak.

9. Avtorizatsiyalash – Foydalanuvchi tomonidan login va parolni kiritish natijalariga ko‘ra Foydalanuvchiga Servis servislaridan foydalanish bo‘yicha muayyan huquqlarning berilishi.

10 Foydalanuvchining xabari – Foydalanuvchi tomonidan Servisning “Muammo to‘g‘risida xabar berish” bo‘limida joylashtirilgan, Toshkent shahar va tuman hokimliklari, ularning tuzilmasidagi boshqarma, korxona va tashkilotlar hamda boshqa mutasaddi boshqarma va tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda – mas’ul ijrochilar)ga ko‘rib chiqish va javob tayyorlash uchun yo‘llanayotgan muammo to‘g‘risidagi matnli va/yoki fotomaterialli sharhlar.

11. Foydalanuvchilar xabarining chop etilishi – Servisda Foydalanuvchilar tomonidan umumfoydalanish uchun muammo to‘g‘risidagi matnli sharhni va/yoki fotomaterialni joylashtirish.

12. Foydalanuvchining signali - Foydalanuvchi tomonidan Servisning “Muammo to‘g‘risida xabar berish” bo‘limida joylashtirilgan, mas’ul ijrochilarga ko‘rib chiqish uchun yo‘llanayotgan muammo to‘g‘risidagi matnli va/yoki fotomaterialli sharhlar.

13. Taklif – Foydalanuvchi tomonidan Servisning “Taklif kiritish” bo‘limida joylashtirilgan, taklif ta’rifi, matni va/yoki materiallari keltirilgan sharhlar.

14. Hisobga olish qaydi – uni Servisda autentifikatsiya qilish va Servis servislarida foydalanishiga imkoniyat yaratish uchun qo‘llaniladigan Foydalanuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar birligi.

15. Blokka tushirish – Foydalanuvchi tomonidan Servisda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan harakatlarni chegaralash bo‘yicha texnik chora va u Foydalanuvchilar tomonidan Servisga axborot yo‘llashni vaqtinchalik taqiqlash shaklida ifodalanishi mumkin.

16. Mas’ul ijrochilarning javobi - matn bilan sharh, shu jumladan mas’ul ijrochilar tomonidan tayyorlangan sharh va foydalanuvchilarga Xizmat orqali yuborilgan javob (fotosuratlar ilova qilingan holda).

3. Kelishuv predmeti:

1. Ushbu Kelishuv mavzusi Operatorning Foydalanuvchiga Servisdan ro‘yxatdan o‘tish va uning servislaridan foydalanish imkoniyatini yaratib berish bo‘yicha majburiyatlari tashkil etadi.

2. Foydalanuvchi tomonidan Servisda ro‘yxatdan o‘tishi ushbu Kelishuv shartlarini to‘liq hajmda va istisnosiz qabul qilgan hisoblanadi. Foydalanuvchi Kelishuvning biron bir qoidasiga qo‘shilmagan taqdirda, Foydalanuvchi Servis servislaridan foydalanishga haqli emas.

3. Servis servislaridan foydalanish ushbu Kelishuv, Reglament, Yagona moderatsiya qoidalari bilan tartibga solinadi.

4. Foydalanuvchilar tomonidan Servisga yuboriladigan axborotni qayta ishlash

1. Foydalanuvchilar tomonidan Servisga yuboriladigan axborot Servis operatori kabinetiga kelib tushadi.

2. Foydalanuvchilar tomonidan Servisga yuboriladigan axborotni qayta ishlash natijalariga ko‘ra, Servis operatori quyidagi harakatni amalga oshiradi: Foydalanuvchilarning xabarini chop etadi; Foydalanuvchilardan signallarni qabul qiladi; Foydalanuvchilar tomonidan Servisga yuboriladigan axborotni rad etadi.

3. Ushbu Reglamentning 2.2. bandi ikkinchi xatboshida ko‘rsatilgan harakatni amalga oshirgan taqdirda, Foydalanuvchilarning xabari majburiy tartibda chop qilinishi kerak hamda unga javob tayyorlash maqsadida mas’ul ijrochilarga yuborish uchun vakolatli hokim o‘rinbosarining shaxsiy kabinetiga kelib tushadi.

4. Ushbu Reglamentning 2.2. bandi uchinchi xatboshida ko‘rsatilgan harakat amalga oshirgan taqdirda Foydalanuvchilarning signali tekshiruv o‘tkazilishi uchun vakolatli hokim o‘rinbosarining shaxsiy kabinetiga yo‘llanishi shart.

5. Ushbu Reglamentning 2.2. bandi to‘rtinchi xatboshida ko‘rsatilgan harakat amalga oshirgan taqdirda Foydalanuvchilarning elektron manzili bo‘yicha Foydalanuvchilar tomonidan Servisga yuborilgan axborotni rad etish to‘g‘risidagi xabarnoma yuboriladi va bunda Yagona moderatsiya qoidalari va/yoki Kelishuvning tegishli bandi ko‘rsatiladi.

6. Axborotni qayta ishlash muddati Foydalanuvchilar tomonidan Servisga axborot yuborilgan paytdan boshlab, Foydalanuvchilarning xabari Servisda chop etilishi, Foydalanuvchilarning signali qabul qilinishi va/yoki Foydalanuvchilarning elektron manziliga Foydalanuvchilar tomonidan Servisga yuborilgan axborotning Yagona moderatsiya qoidalari va/yoki Kelishuvga mos kelmasligi uchun qaytarilishi to‘g‘risidagi xabar yuborilgan paytgacha 24 soatdan oshmasligi kerak, ushbu Reglamentning 2.7 bandida ko‘rsatilgan holatlar bundan mustasno.

7. Ish kuni bo‘lmagan kunlarning umumiy soni ikki va undan ortiq kunni tashkil etgan bayram kunlariga to‘g‘ri kelgan taqdirda, Foydalanuvchilar tomonidan Servisga yuborilgan axborotni qayta ishlash muddati 72 soatdan ortiq bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.

5. Mas’ul xodimlar tomonidan tayyorlangan javoblarni qayta ishlash

1. Foydalanuvchilarning xabarini olgan mas’ul ijrochilar 8 ish kuni davomida unga javob tayyorlaydi.

2. Mas’ul ijrochilar tomonidan tayyorlangan javob qayta ishlash uchun Servis operatoriga jo‘natiladi.

3. Servis operatori mas’ul ijrochilar tomonidan tayyorlangan javobni qayta ishlash natijalariga ko‘ra, quyidagi harakatlarni amalga oshiradi: Mas’ul ijrochining javobini e’lon qiladi va nusxasini tegishli hokim o‘rinbosarining shaxsiy kabinetiga yuboradi; Mas’ul ijrochining javobini qayta ko‘rib chiqish uchun yuboradi.

4. Mazkur Reglamentning 3.3. bandi ikkinchi xatboshida ko‘rsatilgan harakat amalga oshirgan taqdirda, mas’ul ijrochilarning javobi Portalda chop etilib, xabar muallifi shaxsiy kabinetiga jo‘natilishi lozim.

5. Mazkur Reglamentning 3.3. bandi uchinchi xatboshida ko‘rsatilgan harakat amalga oshirgan taqdirda, mas’ul ijrochining javobi tegishliligi bo‘yicha qayta ko‘rib chiqish uchun qaytariladi va bunda Yagona moderatsiya qoidalari va/yoki Kelishuvning tegishli bandi ko‘rsatilishi lozim.

6. Servis operatori tomonidan mas’ul ijrochilarning javobini qayta ishlash muddati 24 soatdan oshmasligi kerak, ushbu Reglamentning 3.7 bandida ko‘rsatilgan holatlar bundan mustasno.

7. Ish kuni bo‘lmagan kunlarning umumiy soni ikki va undan ortiq kunni tashkil etgan bayram kunlariga to‘g‘ri kelgan taqdirda, mas’ul ijrochilar javobini qayta ishlash muddati 72 soatdan ortiq bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.

6. Servis foydalanuvchilari xabarlarining va ularga berilgan javoblarning qayta ishlash bo‘yicha tahlili

Servis operatori har oyda Toshkent shahar hokimligining “Raqamli rivojlanish departamenti” MChJga har chorakda Toshkent shahar hokimligiga taqdim etish uchun Foydalanuvchilar tomonidan Servisga uzatilgan asosiy mavzular va muammolar, Toshkent shahar hokimligi hamda uning tizimidagi boshqarma va tashkilotlari tomonidan ularga javob qaytarish yuzasidan tahliliy axborot taqdim etadi.

7. Tomonlarning huquq va majburiyatlari

1. Operator quyidagi majburiyatlarga ega:
Ushbu Kelishuvning 3.1. – 3.3. bandlariga muvofiq Foydalanuvchiga Servis servislaridan foydalanish imkoniyatini yaratish; Foydalanuvchi va uning Servisdagi harakatlari bo‘yicha ma’lumotlarni oshkor qilmaslik va ularni uchinchi shaxslarga bermaslik, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida ko‘zda tutilgan holatlar bundan mustasno.

2. Operator quyidagi huquqlarga ega:
Istalgan paytda ushbu Kelishuv qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish va Foydalanuvchini bu haqda keyinchalik ogohlantirish; Servis servislariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, yangi servislaridan foydalanish imkoniyatini yaratish; Foydalanuvchi tomonidan bir necha bor parol noto‘g‘ri kiritilgan holda uni Servisda avtorizatsiya qilishni rad etish; Foydalanuvchi tomonidan ushbu Kelishuvda ko‘zda tutilgan majburiyatlar buzilgan taqdirda Foydalanuvchiga uning xabarlari, signallari yoki takliflarini qayta ishlashni rad etish; Foydalanuvchining roziligi bilan, uning Servisda ko‘zda tutilgan muammoli mavzularga oid bo‘lmagan muammolar to‘g‘risidagi xabarini O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi Qonuni doirasida ko‘rib chiqish uchun vakolatga ega bo‘lgan Mas’ul ijrochilarga yuborish; Foydalanuvchi tomonidan ushbu Kelishuv qoidalari buzilgan taqdirda istalgan davrga blokka tushirish yoki hisobga olish qaydini o‘chirib tashlash; Foydalanuvchining xatti-harakatlarini ushbu Kelishuv qoidalariга zid deb topish uchun asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda Foydalanuvchini istalgan davrga blokka tushirish yoki hisobga olish qaydini o‘chirib tashlash; Beadab iboralar, ijtimoiy dialekt, tushunarsiz qisqartmalar qo‘llanilgan xabarlar, shuningdek siyosiy mavzudagi signallar va takliflar yoki tijorat va boshqa tusdagi shiorlarni ko‘zda tutuvchi xabarlar, signallar va takliflar ko‘rib chiqilmaydi.

3. Operator uning aybi bilan ro‘y bermagan, uchinchi shaxslar tomonidan Servis servislaridan noqonuniy foydalanish oqibatlarini uchun javobgar hisoblanmaydi.

4. Foydalanuvchi quyidagi majburiyatlarga ega: O‘z hisobidan Internetdan foydalanish, o‘z uskunalariini sozlash va ulardan noqonuniy foydalanishdan himoyalashni ta’minlash; O‘zining hisobga olish qaydidan foydalanish va Foydalanuvchi tomonidan belgilangan parolning saqlanishi uchun javobgar hisoblanadi; Servisda bittadan ortiq hisobga olish qaydini yaratmaslik va ulardan foydalanmaslik; Foydalanuvchi tomonidan ro‘yxatdan o‘tish yoki avtorizatsiya bajarilganidan so‘ng Servis orqali amalga oshirilgan barcha murojaatlar va xatti-harakatlar uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish; Servis servislaridan amaldagi qonunchilikka zid bo‘lgan biron-bir xatti-harakatlarini amalga oshirish maqsadida foydalanmaslik, shuningdek, Servis servislarida noqonuniy, tahqirlovchi, tuhmatli, tajovuzkor yoki shovqin-suronli materiallarni joylashtirmaslik yoki Servis servislar orqali uzatmaslik; Servis va uning servislaridan foydalanish paytida beadab, haqoratli yoki qo‘pol iboralardan, shior va da’vatlardan tashkil topgan iboralardan, tashkilotlar, harakatlar, tarixiy va/yoki siyosiy shaxslar nomlaridan, hayotga, sog‘liq va mol-mulkka tahdidlarni ko‘zda tutuvchi, ishbilarmonlik etikasi yoki ishbilarmonlik aylanmasi qoidalari va talablariga zid bo‘lgan, fuqaro, yuridik shaxs, yoki davlat organining sha’ni yoki ishbilarmonlik obro‘siga putur yetkazuvchi, shuningdek, kamsitish tusiga ega bo‘lgan fe’llar yoki so‘z birikmalaridan foydalanmaslik; Shuningdek, Servisdan tashviqot, kamsitish, huquqlarni poymol qilish maqsadida, jamoat, siyosiy yoki tijoriy maqsadlarni ilgari surish uchun foydalanish taqiqlanadi; Boshqa shaxsning nomidan ish yuritish va buning uchun tegishli huquqqa ega bo‘lmagan holda o‘zini tashkilot va/yoki jamoa vakili deb ko‘rsatish, o‘zini ushbu Foydalanuvchi deb ko‘rsatish uchun biron bir Foydalanuvchining nomidan foydalanish, shuningdek, boshqa shaxslar vakilligiga oid har qanday shakllar va usullardan foydalanmaslik; Boshqa Foydalanuvchi yoki axborotga ishlov berishning boshqa ishtirokchilari tomonidan Servisga yuborilgan materiallardan o‘z nomidan qayta Servisga joylashtirish uchun yoki boshqa maqsadlar uchun to‘plamaslik, saqlamaslik va ulardan foydalanmaslik; Servis servislaridan Servisning yaratilishi maqsadlariga zid bo‘lgan maqsadlarda foydalanmaslik; Soxtaligi ma’lum bo‘lib turgan, chalg‘ituvchi, haqqoniy bo‘lmagan yoki noaniq ma’lumotni, yoki spam deb toifalanishi mumkin bo‘lgan, shuningdek Servisning boshqa Foydalanuvchisi yoki uchinchi shaxslarning manfaatlarini kamsituvchi, Servis hamda davlat organlari va tashkilotlari xodimlarini haqorat qiluvchi yoki boshqa sabablarga ko‘ra Servisda joylashtirilishi maqsadga muvofiq bo‘lmagan ma’lumotlarni joylashtirmaslik; Servis servislaridan noqonuniy foydalanishga yoki ushbu Kelishuvda ko‘rsatilgan qoidalarni chetlab o‘tgan holda foydalanishga urinmaslik; Imkon qadar muammo to‘g‘risidagi xabar, signalni yoki taklifni xushmuomalalik bilan, qisqa va tushunish uchun qulay bo‘lgan shaklda ifodalash; Foydalanuvchi tomonidan yuborilgan xabar, signal va taklifni o‘zi istagan paytda ko‘rib chiqishni to‘xtatish, uni qaytarib olish (rad qilish, ko‘rmasdan qoldirishni talab qilish).

5. Servis servislaridan foydalanishda beriladigan imkoniyatlar bilan bog‘liq da’volar yoki istaklar tug‘ilgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq murojaatnoma yozishi mumkin.

6. Foydalanuvchi Servis servislaridan quyidagi maqsadlar uchun foydalanmaslikka o‘z roziligini beradi: Mualliflik huquqlari va boshqa intellektual mulk huquqlarini buzadigan, irqiy, etnik, jinsiy, ijtimoiy xususiyatlariga ko‘ra odamlarga nafratni va/yoki ularni kamsitishini targ‘ib etuvchi materiallarni yuklab olish, jo‘natish, uzatish yoki boshqa bir usulda chop etish. Mazmuni O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga zid bo‘lgan havolalarni Internet tarmog‘i resurslarida joylashtirish.

8. Axborot va materiallardan foydalanish va ularni saqlash.

1. Operator Foydalanuvchi tomonidan joylashtirilgan materiallarning saqlash muddati va eng ko‘p soni bo‘yicha cheklovlarni belgilashga haqli.

2. Foydalanuvchi Operatorga u tomonidan Servisga yuborilgan materiallardan foydalanish, jumladan, tiklash, tarqatish, qayta ishlash, ommaviy namoyish etish va umum e’tiborga havola qilish bo‘yicha oddiy nomutlaq litsenziyani taqdim etadi.

3. Foydalanuvchi istalgan paytda o‘zining hisobga olish qaydini o‘chirib tashlashi mumkin. Foydalanuvchi o‘zining hisobga olish qaydini o‘chirgan taqdirda, Operator Foydalanuvchi tomonidan joylashtirilgan kontentning arxiv nusxalarini saqlash huquqiga ega.

4. Servisdan foydalanish Foydalanuvchining har qanday ma’lumotlaridan, shu jumladan, soz holatda ishlash va/yoki tizim servislaridan foydalanish bo‘yicha statistik ma’lumotlarni to‘plash (shu jumladan, cookie fayllar) yoki Foydalanuvchi tomonidan mustaqil ravishda berilgan, jumladan, shaxsga doir ma’lumotlardan foydalanilishiga roziligini anglatadi.

5. Foydalanuvchi tomonidan mustaqil ravishda berilgan shaxsga doir ma’lumotlarni ishlov berish Operator tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuniga va axborot tizimiga qo‘yiladigan talablarga muvofiq amalga oshiriladi.

6. Foydalanuvchi o‘zi tomonidan foydalanadigan parolning xavfsizligi uchun mustaqil javobgar hisoblanadi, shuningdek o‘zining paroli va boshqa identifikatsiya vositalarining maxfiyligini ta’minlaydi.

7. Foydalanuvchi "Xalq Nazorati" Servisiga xizmat bilan o‘zaro aloqaning har qanday bosqichida mustaqil ravishda kiritilgan ma’lumotlarni: ismi, jinsi, tug‘ilgan sanasi, yashash manzili, pasportning seriya raqami va jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, foydalanuvchining fotosurati, aloqa telefon raqami; qabul qiladi va qayta ishlaydi.

8. Xizmat jismoniy shaxsning huquqiy layoqatini tekshirish imkoniyatiga ega emas, shuningdek jismoniy shaxs tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni tekshirmaydi. "Xalq nazorati" xizmati shaxs o‘zi haqida yetarli, ishonchli va dolzarb ma’lumotlarni taqdim etganidan kelib chiqadi.

9. “Xalq nazorati” tizimi faqatgina xizmat ko‘rsatish yoki foydalanuvchi bilan tuzilgan shartnomalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarni to‘playdi va saqlaydi. Qonun hujjatlarida ayrim shaxsiy ma’lumotlarni majburiy olish va saqlash nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Shaxsiy ma’lumotlarni saqlash, agar bunday shaxsiy ma’lumotlarning saqlash muddati O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida foydalanuvchi tomonidan "Xalq" dan foydalanish bo‘yicha siyosatda belgilangan bo‘lmasa, qayta ishlash maqsadlarida belgilangan muddatda amalga oshiriladi. “Xalq nazorati” xizmati foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlaridan shaxsiylashtirilgan ma’lumotlarga asoslangan holda statistik va boshqa tadqiqotlar o‘tkazish uchun ishlatilishi mumkin.

9. Ushbu Kelishuv qoidalarining buzilishi.

1 Foydalanuvchi ushbu Kelishuvda ko‘zda tutilgan shartlarni buzgan taqdirda va Servisning amal qilishi har qanday sababga ko‘ra to‘xtatilganda, Operator Foydalanuvchini oldindan ogohlantirmagan holda hisobga olish qaydini har qanday muddatga bloklab qo‘yish yoki o‘chirib tashlash huquqiga ega.

2. Operator Foydalanuvchini oldindan ogohlantirmagan holda quyidagi hollarda Servis servislaridan foydalanishni cheklab qo‘yishi mumkin: Foydalanuvchi tomonidan ushbu Kelishuv shartlari buzilgan taqdirda; Operator servislariga turli to‘siqlar va buzilishlar yaratilganda, shu jumladan, har qanday uskuna va dasturiy ta’minotlardan foydalanilgan hollarda.

3. Operator Foydalanuvchi tomonidan ushbu Kelishuvning har qanday sharti buzilgan taqdirda u yoki uchinchi shaxslar oldida javobgar hisoblanmaydi.

10. Boshqa shartlar.

1. Ushbu Kelishuv shartlari tomonlardan biri o‘zining Kelishuvdan chiqish istagini ma’lum qilmaguncha amal qiladi.

2. Foydalanuvchi o‘zining profilini o‘chirib tashlash bo‘yicha maxsus interfeysdan foydalangan holda Servisdan va Operatorning boshqa servislaridan foydalanishdan bosh tortishga haqli.

3. Ushbu Kelishuv bo‘yicha kelib chiqishi mumkin bo‘lgan barcha nizolar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq hal etiladi.

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya