
Ko‘chaning umumiy uzunligi 2,1 kilometrni tashkil etadi, bu yerda aholi va sayyohlar uchun barcha zamonaviy sharoitlar yaratilgan. Keng piyodalar va velosiped yo‘laklari, dam olish zonaları, selfi zonalari, ochiq sport maydonchalari va biohojatxonalar barpo etilgan. Shuningdek, bolalar uchun ekoploshadkalar va arqon parklari, oilaviy dam olish maskanlari tashkil etilgan.
Obodonlashtirilgan ko‘cha 2025-yil sentabr oyida ochilgan bo‘lib, Respublika bolalar kutubxonasidan boshlanib, Yaxyo G‘ulomov ko‘chasi bilan kesishgan joyda avtomobillar uchun kichik transport halqasi yaratilgan va Ekopark kirish qismigacha davom etadi. Shastri va Sodiq Azimov ko‘chalari bilan kesishgan joyda Lal Bahodur Shastri byusti joylashgan skver va 64-maktab mavjud.
O‘zbekiston ovozi ko‘chasida to‘siqsiz muhit yaratilgan, ko‘p miqdorda gullar va butalar ekilgan, o‘rindiqlar, chiqindi qutilari va yoritish tizimi o‘rnatilgan. Avtomobil yo‘li bir qatorli qilib toraytirilgan, pullik to‘xtash joylari mavjud. Kafe va restoranlar stollarini trotuarga chiqarib qo‘yishgan.
Ko‘chada har doim yaratilgan qulay va chiroyli zonani yuqori baholagan shaharliklar va sayyohlarni uchratish mumkin.
Islom Karimov koʻchasi (sobiq Oʻzbekiston koʻchasi) dagi Senat binosi 1970-yillarning boshida Oʻzb...

1901-yilda Xazina palatasi meʼmor V. S. Geyntselman tomonidan maxsus qurilgan oʻz binosini oldi. B...

1990-yillar oxirida Mustaqillik prospektida (Pushkin) joylashgan konservatoriya uchun yangi bino ...
Uzunasiga cho‘zilgan to‘qqiz qavatli bino Chilonzor ko‘chasi bilan Kichik halqa avtomobil yo‘li (so...