Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Toshkent shahar hokimligida jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

🏆Unda Sport vaziri Adkham Ikramov, MOQ raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov, boshqarma boshliqlari, sport maktablari direktorlari, sport federatsiya va assotsiatsiyalari rahbarlari hamda seleksioner trenerlar ishtirok etdi.

🫥Shahar va tuman hokimliklari studiyalaridan tuman yoshlar ishlari bo‘limi rahbarlari, mahalla yoshlar yetakchilari, oliy ta’lim, maktabgacha va maktab ta’limi tizimi mas’ullari, tuman tibbiyot birlashmalari hamda “Inson” markazlari rahbarlari ham qatnashdi.

🚲Yig‘ilishda Sport vaziri tomonidan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2026-yilgi mavsumiga start berilgani ta’kidlanib, ushbu yo‘nalishdagi ishlar tumanlar kesimida taqdim etildi. O‘tgan mavsumda Toshkent shahri faol qatnashgani va bunda mahalla yoshlar yetakchilarining ham hissasi borligi qayd etildi.

🫥Shuningdek, “Besh tashabbus paralimpiadasi” musobaqalarini samarali tashkil etish, aholini ommaviy sportga keng jalb etish hamda 2025-yilgi “Prezident olimpiadasi” natijalari muhokama qilindi.

MOQ raisi o‘rinbosari Sherzod Tashmatov joriy yilda 21 ta sport turi bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqalar yuzasidan taqdimot o‘tkazdi.

📑 Sport vazirligi tomonidan joriy etilgan “ERP Sport” yagona elektron boshqaruv tizimi orqali yoshlarni ro‘yxatga olish va hisobotlarning haqqoniyligini ta’minlash masalalari ham ko‘rib chiqildi.

🔵Yig‘ilish yakunida ommaviy sport qamrovini kengaytirish, yoshlarni musobaqalarga faol jalb etish va tizimdagi shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Toshkent yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish: 2026-yil 30-mart yakunlari bo‘yicha hisobot
31.03.2026, 11:52
Toshkent yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qili...

⏺O‘tgan bir sutka davomida amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar natijalari bilan tanishing:🚦  “Aqlli” svetoforla...

♻️ 30-mart — Xalqaro chiqindilarsiz kun
30.03.2026, 16:09
♻️ 30-mart — Xalqaro chiqindilarsiz kun

🗑30-mart sanasi BMT tomonidan Xalqaro chiqindilarsiz kun sifatida belgilangan bo‘lib, ushbu kun chiqindilarni kamaytiri...

KXAY yo‘lida keng ko‘lamli modernizatsiya
28.03.2026, 11:19
KXAY yo‘lida keng ko‘lamli modernizatsiya

Avval xabar berganimizdek, Kichik halqa avtomobil yo‘lining (KXAY) Chilonzor tumani hududidan o‘tgan qismida — Ko‘z mikr...

Toshkentda “Open byudjet”ning 2026-yil 1-mavsumi doirasida 166 ta loyiha amalga oshiriladi
27.03.2026, 09:38
Toshkentda “Open byudjet”ning 2026-yil 1-mavsumi d...

Buning uchun 204,7 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.Shundan:— 112 ta loyiha — qurilish ishlari— 54 ta loyiha  — xarid yo...

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya