- Toshkentdan gapiramiz
- 14.03.2026, 10:44
Yakkasaroy tumanida Umumxalq hashari va “Yashil makon” loyihasiga start berildi
Bugun Yakkasaroy tumanidagi “Bobur” hiyobonida saf yig‘ini bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Nilufar Allabergenova, tuman prokurori Bekzod Shamshiyev, tuman IIO FMB boshlig‘i Alisher Murodov, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i Jamshid Ergashev, mahalla "yettiligi", kommunal soha xodimlari hamda turli tashkilot vakillari ishtirok etdilar.
Mazkur yig‘ilishda tumandagi mahallalarni obodonlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. Ayniqsa, hududlarni yanada ozoda va obod qilish, aholining ekologik ongini oshirish hamda yashil muhitni kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
🗣Shu bilan birga, bugundan boshlab Yakkasaroy tumanida Umumxalq hashari va “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar boshlandi. Mazkur tashabbuslar doirasida tumanning turli hududlarida keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshiriladi. Daraxt ekish, gulzorlar barpo etish, yo‘lak va xiyobonlarni tozalash, jamoat joylarini obod qilish kabi tadbirlar orqali shahar yanada chiroy ochishi, fuqarolar uchun qulay va sog‘lom muhit yaratilishi ko‘zda tutilgan.
✍️Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

⏺O‘tgan bir sutka davomida amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar natijalari bilan tanishing:🚦 “Aqlli” svetoforla...

🗑30-mart sanasi BMT tomonidan Xalqaro chiqindilarsiz kun sifatida belgilangan bo‘lib, ushbu kun chiqindilarni kamaytiri...

Avval xabar berganimizdek, Kichik halqa avtomobil yo‘lining (KXAY) Chilonzor tumani hududidan o‘tgan qismida — Ko‘z mikr...

Buning uchun 204,7 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.Shundan:— 112 ta loyiha — qurilish ishlari— 54 ta loyiha — xarid yo...