- Toshkentdan gapiramiz
- 17.03.2026, 11:19
RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda Mirobod va Yakkasaroy tumanlarida elektromobillar uchun mo‘ljallangan elektr zaryadlash stansiyalarining elektr ta’minotidan uzilayotgani hamda bu orqali sohaga yangi ishtirokchining kirib kelishi uchun sharoit yaratilayotgani haqida tarqalgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Jumladan, Mirobod tumani hududida elektr zaryadlash stansiyalarini elektr ta’minotidan uzish bo‘yicha tuman hokimligi yoki uning tegishli bo‘limlari tomonidan hech qanday topshiriq berilmagan.
➡️ Shu bilan birga, eslatib o‘tamizki, davlat zaxirasidagi yer maydonlarida noqonuniy qurilish ishlarini amalga oshirish, shuningdek, tegishli ruxsatnomalarsiz avtomobillar uchun elektr zaryadlash stansiyalarini o‘rnatish qonunchilikka zid hisoblanadi.
✅ Barcha tadbirkorlardan amaldagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilish so‘raladi.

⏺O‘tgan bir sutka davomida amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar natijalari bilan tanishing:🚦 “Aqlli” svetoforla...

🗑30-mart sanasi BMT tomonidan Xalqaro chiqindilarsiz kun sifatida belgilangan bo‘lib, ushbu kun chiqindilarni kamaytiri...

Avval xabar berganimizdek, Kichik halqa avtomobil yo‘lining (KXAY) Chilonzor tumani hududidan o‘tgan qismida — Ko‘z mikr...

Buning uchun 204,7 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.Shundan:— 112 ta loyiha — qurilish ishlari— 54 ta loyiha — xarid yo...