- Toshkentdan gapiramiz
- 19.03.2026, 11:22
Yo'lovchilar diqqatiga!
🚌 Yo'lovchilarga ko'rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish va aholining transportga bo'lgan talabini qondirish hamda ichki turizmni rivojlantirish maqsadida, 2026-yil 23-mart kunidan boshlab "Toshshahartransxizmat" AJ tarkibidagi "Toshavtobustrans" MCHJ tomonidan 1226-sonli "Mashinasozlar metrosi (Toshkent) - Chorbog' (Humson qo'rg'oni)" avtobus yo'nalishi harakati qayta yo'lga qo'yiladi.
🚌 Yo'nalishga "MAN RR3" rusumli turistik avtobuslar biriktiriladi. Ushbu avtobuslar 47 ta o'rindiqli, shinam va konditsionerlar bilan jihozlangan. Yo'nalishda yo'l kira narhi 25000 so'mni tashkil etadi.
🕔 Birinchi qatnov Mashinasozlar metrosi bekatidan har kuni soat 6:00 da boshlanadi. Qanovlar har 1,5 soatda amalga oshiriladi. Qatnov vaqti 1 soat 30 daqiqani tashkil etadi. So'nggi qatnov soat 20:30 da Chorbog' tomondan amalga oshiriladi va soat 22:00 da Mashinasozlar metrosida tugatiladi.
📍Yo'nalishdagi avtobuslar o'z harakatini Mashinasozlar metrosidan boshlab, Maxtumquli ko'chasi, Yangi O'zbekiston bog'i, Xojikent mavzesi, Chinorkent maskani orqali Humson qo'rg'onigacha harakatlanadi.
💳 Yo'nalishda naqd pulda va bank kartalari orqali to'lov amalga oshirish imkoniyati mavjud.
✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

⏺O‘tgan bir sutka davomida amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar natijalari bilan tanishing:🚦 “Aqlli” svetoforla...

🗑30-mart sanasi BMT tomonidan Xalqaro chiqindilarsiz kun sifatida belgilangan bo‘lib, ushbu kun chiqindilarni kamaytiri...

Avval xabar berganimizdek, Kichik halqa avtomobil yo‘lining (KXAY) Chilonzor tumani hududidan o‘tgan qismida — Ko‘z mikr...

Buning uchun 204,7 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.Shundan:— 112 ta loyiha — qurilish ishlari— 54 ta loyiha — xarid yo...