Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Mirobodda “Obod mahalla” dasturi doirasida yana bir manzilda keng ko‘lamli yangilanish ishlari boshlandi

Bugun tumanimizdagi "Furqat" mahallasi hududida obodonlashtirish va hashar ishlariga start berildi.

“Obod mahalla” dasturi boshlanishi oldidan tuman hokimi Anvar Sayfutdinov boshchiligida saf yig‘ini o‘tkazildi. Unda amalga oshiriladigan ishlar atroflicha tahlil qilinib, har bir sohadagi mas’ullarga aniq vazifa va topshiriqlar berildi.


Tuman hokimi mahalladagi har bir o‘zgarish aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratishga xizmat qilishi kerakligini ta’kidlab, barcha ishlar sifatli va belgilangan muddatlarda bajarilishi shartligini qayd etdi.
“Obod mahalla” dasturi doirasida hududda qator muhim ishlar amalga oshiriladi.


Jumladan:

🔴 zamonaviy piyodalar yo‘laklarini barpo etish;
🔴 gaz quvurlarini tartibga keltirish va bo‘yash;
🔴 elektr simlariga xalaqit berayotgan hamda aholi xonadonlari derazalariga yaqinlashib qolgan daraxt shoxlarini sanitar tartibga keltirish ishlari olib boriladi.

Shuningdek, mahallada yangi bolalar maydonchalari, vorkaut komplekslari va aholi dam olishi uchun zamonaviy alleya barpo etilishi rejalashtirilgan.

Demontaj ishlari va hududni tozalash ishlari esa bugunning o‘zidayoq boshlab yuborildi.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
UCHTEPA TUMANIDAGI FAXRIY SHA’NIGA YUKSAK EHTIROM VA E’ZOZ NAMOYON ETILDI.
08.05.2026, 15:14
UCHTEPA TUMANIDAGI FAXRIY SHA’NIGA YUKSAK EHTIROM ...

🔘 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bayram tabrigi hamda Prezide...

Yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi
07.05.2026, 10:21
Yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi

🇺🇿 Davlatimiz rahbari tashabbusiga muvofiq, har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora hamda hokimliklarda “Yoshlar ...

▫️ Tumanimizdagi 158-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bugun, 6-may kuni “Milliy liboslar kuni” tadbiri tashkil etildi va milliyligimiz keng targ‘ib qilindi.
06.05.2026, 12:40
▫️ Tumanimizdagi 158-umumiy o‘rta ta’lim maktabida...

Ushbu kunda maktab o‘quvchilarimilliy liboslarda ishtirok etib, o‘zbek xalqining boy madaniyati, urf-odat va an’analarig...

➡️Toshkent shahrida piyodalar infratuzilmasi, sayr qilish hududlari hamda xavfsiz va inklyuziv jamoat joylarini rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.
06.05.2026, 10:11
➡️Toshkent shahrida piyodalar infratuzilmasi, sayr...

Gap Toshkent Sayilgohi, unga tutash xiyobon, yashil hududlar, piyodalar yo‘laklari va shahar infratuzilmasi unsurlarini ...

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya