Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Toshkentda ilk “sport” bekati paydo bo‘ldi

Sergeli tumanidagi avtomobil bozori yaqinida joylashgan va 12 ta avtobus yo‘nalishi o‘tadigan bekatda vorkaut maydonchasi tashkil etildi.

Yo‘l harakatini tashkil etish markazi tashabbusi bilan bekat maydoni qisqa muddatli jismoniy mashg‘ulotlar uchun mo‘ljallangan unsurlar bilan to‘ldirildi. Bunday yondashuv shahar infratuzilmasi nafaqat harakatlanish, balki aholining qulayligi, salomatligi va kundalik farovonligi uchun ham yaratilayotganini aks ettiradi.

Endi yo‘lovchilar avtobus kutish vaqtidan yengil mashqlar, tortilish yoki oddiy jismoniy harakatlar uchun foydalanishlari mumkin. Bu esa sportni odatiy shahar qatnoviga — ishga, o‘qishga yoki uyga ketish yo‘liga yaqinlashtiradi.

Bunday yechimlar boshqa shaharlarda ham uchraydi: Seul, Pekin, Singapur, Parij, Bogota va Kalida avtobus pavilyonlari turniklar, zinapoyalar va boshqa sport anjomlari bilan jihozlangan kichik faollik hududlariga aylantirilgan. Ularning g‘oyasi oddiy — harakat kundalik hayotning tabiiy bir qismiga aylanishi mumkin.

Toshkent uchun bunday bekat jamoat transporti atrofida yanada qulay muhit yaratish yo‘lidagi yana bir qadamdir. Avtobuslarga ustuvorlik berish nafaqat yo‘nalishlar, yo‘laklar va yangilangan bekat majmualarini, balki kutish jarayonining sifatini ham anglatadi: xavfsizlik, qulaylik, ochiqlik va aholi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar.

Bunday obyektlar aniq manzillarda — avvalo aholi zich joylashgan hududlarda, serqatnov yo‘nalishlar tarmog‘iga ega bekatlarda hamda kutish va faollik hududlarini xavfsiz ajratish uchun yetarli joy mavjud bo‘lgan yerlarda o‘rnatiladi.

Asosiy shartlar — xavfsizlik, yo‘lovchilar uchun qulaylik, mustahkam konstruksiyalar, muntazam texnik xizmat ko‘rsatish hamda jamoat transporti va piyodalar harakatiga xalaqit qilmaslikdir.

Shuni eslatib o‘tish joizki, jamoat transportiga ustuvorlik berish poytaxt hokimligining asosiy vazifasi bo‘lib, bu ish nafaqat yangi yo‘nalishlar va yo‘laklarni, balki bir qator qo‘shimcha chora-tadbirlarni ham o‘z ichiga oladi.

Biz aholi takliflariga ochiqmiz va bu kabi vorkaut-bekatlar haqiqatan ham foydali va zarur bo‘ladigan yangi manzillarni, shuningdek, ularning jihozlanish turlarini ko‘rib chiqishga tayyormiz. Agar siz yo‘lovchi oqimi faol bo‘lgan va bunday maydonchani xavfsiz joylashtirish uchun yetarli joyga ega manzillarni bilsangiz, o‘z takliflaringizni @codd_tashkent_bot telegram-botiga yuboring.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Toshkentda Summer Fest 2026 bo‘lib o‘tadi
26.06.2026, 15:13
Toshkentda Summer Fest 2026 bo‘lib o‘tadi

🗓️ 27–28-iyun kunlari Toshkent shahrida Summer Fest 2026 yozgi festivali o‘tkaziladi.📍Tadbir Shayxontohur tumanidagi B...

Yuzlab vakansiyalar – barchasi bir joyda!
26.06.2026, 10:35
Yuzlab vakansiyalar – barchasi bir joyda!

Mirzo Ulug‘bek tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan...

Korrupsiyaga qarshi kurashish: yangi qonun – yangi mexanizmlar
24.06.2026, 17:32
Korrupsiyaga qarshi kurashish: yangi qonun – yangi...

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan O‘RQ–1155-son Qonun korrupsiyaga qarshi kurashish ti...

Ko‘p kvartirali uylarda yashovchilar umumiy foydalanishdagi joylar, uyga tutash hudud, muhandislik tarmoqlari hamda umumiy mol-mulkdan foydalanishda belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilishi shart.
23.06.2026, 10:38
Ko‘p kvartirali uylarda yashovchilar umumiy foydal...

Umumiy joylarni ifloslantirish, ularga zarar yetkazish, o‘zboshimchalik bilan qurilish yoki o‘zgartirish ishlarini amalg...

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya