Toshkent shahar hokimiyati rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Afg‘on–O‘zbek biznes-forumi doirasida Toshkent shahar hokimligi delegatsiyasi hokim o‘rinbosari Sharof Rahmanov boshchiligida Qobul shahrida Qobul munitsipaliteti rahbari o’rinbosari Mohammad Asif Jalalzai bilan uchrashuv o‘tkazdi

🧑‍💻Uchrashuvda ikki poytaxtning shahar boshqaruvi, urbanizatsiya jarayonlari, infratuzilmani rivojlantirish va investitsiyaviy hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

📈Qobul tomoni shaharda 234 ta investitsiya loyihasi shakllantirilgani, shundan 168 tasi qurilish sohasiga oid ekanini ma’lum qildi. Shuningdek, yo‘l va kanal qurilishi, avtobus bekatlari, obodonlashtirish, chiqindilarni boshqarish, shaharsozlikni tartibga solish hamda raqamli boshqaruv tizimlarini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

➡️Qobul vakillari Toshkent tajribasini o‘rganishga qiziqish bildirib, mutaxassislar ishtirokida seminar va master-klasslar tashkil etish, shuningdek, infratuzilma va kommunal xizmatlar yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan kompaniyalar bilan hamkorlik qilish istagini bildirdi.

Toshkent shahar hokimligi vakillari poytaxtimiz kompaniyalari qayd etilgan yo‘nalishlarning barchasida faoliyat yuritayotganini ta’kidlab, Qobul tomonidan taqdim etilgan loyihalarni ko‘rib chiqishga tayyor ekanini bildirdi.

⚡️Shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilayotgan loyihalar, transport va kommunal infratuzilmani rivojlantirish hamda renovatsiya yo‘nalishlarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish taklif etildi.

Qobul delegatsiyasi ushbu yo‘nalishlardagi ishlar bilan yaqindan tanishish uchun Toshkentga taklif qilindi.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Yashash va ovqatlanish xizmatlari bo‘yicha Toshkent 1-o‘rinda
27.07.2026, 12:22
Yashash va ovqatlanish xizmatlari bo‘yicha Toshken...

📈2026-yilning yanvar–may oylarida O‘zbekistonda yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi 90,7 trillion so‘mni tashkil et...

24-iyul holatiga ko'ra "Xalq nazorati" portali ko'rsatkichlari
27.07.2026, 10:30
24-iyul holatiga ko'ra "Xalq nazorati" portali ko'...

📊 24-iyul holatiga ko'ra, xalqnazorati.uz platformasi orqali 44 718 ta murojaat qabul qilingan. Joriy hafta davomida po...

Deputat tashabbusi bilan Yakkasaroyda zamonaviy bolalar maydonchalari barpo etilmoqda
24.07.2026, 16:45
Deputat tashabbusi bilan Yakkasaroyda zamonaviy bo...

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Vasila Alimova tomonidan mahallalarda bolalar uchun xavfsiz va zam...

Shahar - inson uchun: Toshkentda xavfsiz piyodalar o‘tish joylari ko‘paymoqda
24.07.2026, 15:45
Shahar - inson uchun: Toshkentda xavfsiz piyodalar...

Joriy yilning mart oyidan buyon Yo‘l harakatini tashkillashtirish markazi mutaxassislari Toshkentning turli tumanlarida ...