Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov boshchiligidagi ishchi guruh Yangihayot tumanidagi investitsiya loyihalarining amalga oshirilish jarayonini o‘rgandi.

O’rganish doirasida bir qator faoliyat yuritayotgan va rivojlanayotgan korxonalar ko‘zdan kechirildi. Ular orasida JAC ishlab chiqarish maydoni (ijtimoiy maqsadlarga mo‘ljallangan avtomobillar, biznes uchun tijorat transporti hamda shaxsiy foydalanish uchun modellar), Belarus sarmoyasi ishtirokidagi "Fayz Parranda" korxonasi (parranda go‘shti ishlab chiqarish), yirik olovbardosh mahsulotlar ishlab chiqaruvchilardan biri bo‘lgan "Ogneupor" MChJ, shuningdek, qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Broco va Siri sanoati korxonalari bor.

Joylarda joriy ishlab chiqarish jarayonlari, kengaytirish rejalari, quvvatlardan foydalanish darajasi hamda investorlar va korxona rahbarlarining muammoli masalalari va takliflari batafsil o‘rganildi. Infratuzilma ta’minoti, logistika, muhandislik tarmoqlariga ulanish, kadrlar salohiyati va ishlab chiqarishni yanada kengaytirish sharoitlariga alohida e’tibor qaratildi.

🟢Ko‘rib chiqilgan har bir loyiha sezilarli ijtimoiy-iqtisodiy samara berayotgani ta’kidlandi: yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi ortmoqda, tumanning soliq bazasi kengaymoqda, turdosh sohalar rivojlanmoqda va mahalliy iqtisodiyotning barqarorligi oshmoqda.

Bunday loyihalarning amalga oshirilishi poytaxtning sanoat salohiyatini mustahkamlashga, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga va zamonaviy ishlab chiqarish zanjirlarini shakllantirishga xizmat qiladi. Bu zanjirlar xomashyo va butlovchi qismlardan tortib, ichki bozor va eksportga yo‘naltirilgan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan jarayonni qamrab oladi.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Joylarda amaliy ishlar o‘rganildi
10.02.2026, 12:25
Joylarda amaliy ishlar o‘rganildi

Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonov hamda tegishli sohaviy tashkilotlar mas’ullari, Chilon...

Olmazor tumani sport maktabi hududida “Yong‘in xavfsizligi” oyligi doirasida Olmazor tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi bilan hamkorlikda o‘quv-seminar tashkil etildi
06.02.2026, 10:38
Olmazor tumani sport maktabi hududida “Yong‘in xav...

Mazkur seminarda yong‘in xavfsizligi qoidalari, favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakat qilish, tezkor choralar ko‘rish bo...

Chilonzorda FVV o‘quv mashqlari
04.02.2026, 11:51
Chilonzorda FVV o‘quv mashqlari

FVV vazirining birinchi o‘rinbosari, Toshkent shahar FVBB boshlig‘i birinchi o‘rinbosari hamda Chilonzor tumani FVB rah...

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya