- Toshkentdan gapiramiz
- 14.02.2026, 11:10
Har jihatda uyg‘unlik — zamonaviy shahar qiyofasi
Shovqin-suron hech kimga yoqmaydi. Biroq, tovushli shovqindan tashqari, vizual — axborot va yorug‘lik shovqini ham mavjud. U sezilmay ta’sir ko‘rsatsa-da, undan kam charchatmaydi: ko‘zni toliqtiradi, asabiylashtiradi, tartibsizlik hissini uyg‘otadi.
Shaharda tartib, uslub va qulaylikni saqlab qolish uchun nafaqat yangi binolar qurish, balki mavjud inshootlarni ham tizimli ravishda tartibga solish muhimdir.
2024-yildayoq hokimlik ko‘chalarda tartibsiz o‘rnatilgan LED-ekranlar va axborot panellari yorqinligini aniqlash va kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni boshlagan edi. Ayniqsa, tungi vaqtda yoritish me’yorlariga rioya qilish, chiroqlar aholiga xalaqit bermasligi va haydovchilarni chalg‘itmasligi juda muhim.
Aynan shu sababli tashqi konstruksiyalar — peshlavhalar, tablolar, installyatsiyalarni joylashtirish tartibi joriy etildi. Bu quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- o‘lchamlarga aniq talablar,
- bezak va elementlarning yagona uslubi,
- qat’iy belgilangan o‘rnatish joylari,
- ruxsat beruvchi hujjatlarning majburiy mavjudligi.
Shuningdek, hokimlik vakolatli organlar bilan kelishilmagan va ro‘yxatdan o‘tkazilmagan vaqtinchalik va o‘zboshimchalik bilan qurilgan konstruksiyalarni bartaraf etish bo‘yicha doimiy ishlar olib bormoqda.
"O‘zboshimchalik bilan egallab olish": shlagbaumlar, to‘siqlar o‘rnatish, yashil va jamoat joylarida to‘xtash joylarini, noqonuniy jihozlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunday harakatlar obodonlashtirish qoidalarini va shahar qiyofasini buzadi.
Biz shaharni tozaroq, zamonaviyroq va qulayroq qilmoqdamiz. Har bir saranjom jihat — yashash, ishlash va faxrlanish istagi uyg‘otadigan poytaxt qiyofasiga qo‘shilgan hissadir.
Shunday ekan, keling, birgalikda shahrimizni yanada obod qilaylik!
Eslatib o‘tamiz, mavzu yuzasidan savol va murojaatlarni post ostida keltirilgan havola orqali telegram-botimizga yo‘llashingiz mumkin.

Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun aholi va haydovchilardan uzr so‘raymiz hamda tushunganing...

✨ Bizni kuzatishda davom eting. Tuman hokimining joylardagi o‘rganishlari haqida ma’lumotlar berib boramiz.

👨⚕️Sanitariya-epidemiologiya qo'mitasi mutaxassislari va ekologiya sohasidagi vakolatli organlar bilan hamkorlikda bel...

Bugun Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi — yigirmanchi sessiyasi o‘tkazildi. Sessiyada poytaxt hay...