- Toshkentdan gapiramiz
- 17.04.2026, 16:09
Chilonzor ko‘chalari shahar dizayn kodi asosida yangilanmoqda
Chilonzor tumani hokimi Saidqahhor Xolxo‘jayev tumanning Islom Karimov va Furqat ko‘chalarida bo‘lib, hududlarni poytaxtning yangi dizayn kodi talablariga moslashtirish jarayonini o‘rgandi.
O‘rganishlar davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:
🔹 Fasadlar va reklama: Turar va noyurar joylarning tashqi qismini yagona dizayn kodi asosida ta’mirlash;
🔹 Zamonaviy yo‘laklar: Piyodalar yo‘laklarini qurishda aholi uchun maksimal qulaylik yaratish;
🔹 Yoritish tizimi: Tungi chiroqlarni yangilash va zamonaviy yoritish uskunalarini o‘rnatish;
🔹 Ekologik muhit: Yashil hududlarni kengaytirish va obodonlashtirish.
Tuman hokimi mas’ullarga ishlarni sifatli bajarish va shahar ko‘rinishini estetik jihatdan tartibga solish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berdi.

TTZ-2 mavzesida kengaytirilgan perronga ega yangi bekat ish boshlamoqda. Endilikda bu yerda hatto tig‘iz vaqtlarda ham k...
🏆Toshkent shahrida xotin-qizlarni ommaviy sportga keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ularnin...

🟡Tantanali ochilish marosimida Uchtepa tuman hokimi B. Mamadjanov hamda Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ij...
Bir oqshomga shahar katta ochiq sahnaga aylanadi: bir vaqtning o‘zida bir nechta nuqtada suv, yorug‘lik, musiqa va jonli...