- Toshkentdan gapiramiz
- 21.04.2026, 11:00
❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha saylovchilar oldida axborot berdi
📍 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari Davronbek Ravshanbekov, Zulfiya Mo‘minova, Toshpo‘lat Matibayev hamda Said Gaziyeva Sakinaxon Sherzodovna 2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan saylovchilar bilan uchrashib, hisobot berdi.
🏛 Uchrashuvlar poytaxtning turli hududlarida tashkil etilib, ularda yigirmadan ortiq mahallalar aholisi, mahalla raislari, faollar, yoshlar, nuroniylar, fuqarolar, tegishli tashkilotlar mas’ullari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
📝 Axborotlarda deputatlar tomonidan hisobot davrida sayyor qabullar tashkil etilgani, tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovlari yuborilgani, fuqarolar murojaatlari o‘rganilib, ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rilgani to'g'risida ma'lumot berildi. Shuningdek, deputatlar Toshkent shahar Kengashi sessiyalarida hamda doimiy komissiyalar yig‘ilishlarida faol ishtirok etib, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi murojaatlarini tizimli ko‘rib chiqish, kommunal va infratuzilma muammolarini hal etish yuzasidan qator takliflar ilgari surgani haqida axborot berdilar.
🔎 Uchrashuvlar yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan va joylarda aniqlangan masalalar, jumladan, yo‘l va piyodalar infratuzilmasi, elektr va gaz ta’minoti, tungi yoritish, obodonlashtirish, bolalar maydonchalari, ko‘p qavatli uylarni ta’mirlash, issiqlik va drenaj tizimlari bilan bog‘liq muammolar muhokama qilindi va tegishli takliflar Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga kiritilishi bildirildi.

TTZ-2 mavzesida kengaytirilgan perronga ega yangi bekat ish boshlamoqda. Endilikda bu yerda hatto tig‘iz vaqtlarda ham k...
🏆Toshkent shahrida xotin-qizlarni ommaviy sportga keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ularnin...

🟡Tantanali ochilish marosimida Uchtepa tuman hokimi B. Mamadjanov hamda Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ij...
Bir oqshomga shahar katta ochiq sahnaga aylanadi: bir vaqtning o‘zida bir nechta nuqtada suv, yorug‘lik, musiqa va jonli...