Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov boshchiligidagi poytaxt delegatsiyasi qurilish, turizm, sanoat, xizmat ko‘rsatish va ijtimoiy obyektlarni boshqarish sohalarida faoliyat yurituvchi Xitoyning 20 dan ortiq yirik kompaniyasi rahbarlari ishtirokida biznes-forum o‘tkazdi.

📈Tadbir davomida Xitoy kompaniyalari o‘z portfoliolarini taqdim etib, infratuzilma qurilishi, sanoat ishlab chiqarishi, turizm sohasini rivojlantirish, shuningdek, zamonaviy ijtimoiy obyektlarni boshqarish borasidagi xalqaro loyihalari va ish tajribalari xususida so‘zlab berdilar.

🧠 Forum qatnashchilari uchun Toshkent shahrining investitsiyaviy salohiyati, istiqbolli infratuzilmaviy va sarmoyaviy loyihalar, shuningdek, turizm hamda shahar muhitini kompleks rivojlantirishga oid loyihalar taqdimoti tashkil etildi. Hokimlik vakillari ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasida xorijiy investorlar uchun amaldagi imtiyozlar, preferensiyalar va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.

🔺Rasmiy qismdan so‘ng forum interaktiv formatda davom etdi. Xitoy biznesi vakillari loyihalarni amalga oshirish, muhandislik infratuzilmasiga ulanish, yer uchastkalarini olish, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari va kelgusidagi hamkorlikni tashkil etish yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berish imkoniga ega bo‘ldilar. Barcha savollarga hokimlik va tegishli tashkilotlar vakillari tomonidan batafsil tushuntirish berildi.

🇺🇿Shahar hokimi Shavkat Umurzoqov loyihalarni batafsil ishlab chiqish va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash uchun har bir manfaatdor kompaniya bo‘yicha alohida ishchi guruhlar tuzilishini qayd etdi. Shuningdek, tezkor hamkorlikni ta’minlash va qo‘shma loyihalarni ilgari surish maqsadida Xitoy kompaniyalari hamda Toshkent shahrining tegishli tuzilmalari vakillari ishtirokida doimiy asosda videokonferensiyalar va ishchi muzokaralar o‘tkazib borilishi ta’kidlandi.



➡️Ushbu biznes-forumning o‘tkazilishi Toshkent shahri va Xitoy Xalq Respublikasi ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi navbatdagi qadam bo‘ldi.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Toshkentda Summer Fest 2026 bo‘lib o‘tadi
26.06.2026, 15:13
Toshkentda Summer Fest 2026 bo‘lib o‘tadi

🗓️ 27–28-iyun kunlari Toshkent shahrida Summer Fest 2026 yozgi festivali o‘tkaziladi.📍Tadbir Shayxontohur tumanidagi B...

Yuzlab vakansiyalar – barchasi bir joyda!
26.06.2026, 10:35
Yuzlab vakansiyalar – barchasi bir joyda!

Mirzo Ulug‘bek tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan...

Toshkentda ilk “sport” bekati paydo bo‘ldi
25.06.2026, 10:47
Toshkentda ilk “sport” bekati paydo bo‘ldi

Sergeli tumanidagi avtomobil bozori yaqinida joylashgan va 12 ta avtobus yo‘nalishi o‘tadigan bekatda vorkaut maydonchas...

Korrupsiyaga qarshi kurashish: yangi qonun – yangi mexanizmlar
24.06.2026, 17:32
Korrupsiyaga qarshi kurashish: yangi qonun – yangi...

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan O‘RQ–1155-son Qonun korrupsiyaga qarshi kurashish ti...

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya