Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Yakkasaroy – sport va taraqqiyot yo‘lida yangi bosqichga chiqmoqda

🖇 Yakkasaroy tumanida amalga oshirilayotgan islohotlar nafaqat infratuzilmani, balki kelajak avlod salohiyatini ham mustahkamlamoqda. Bugun tuman yangilanish sari dadil qadam tashlamoqda.

👍
Tuman hokimi Nilufar Allabergenova, hokim o‘rinbosarlari bilan birgalikda 2-sonli sport maktabi uchun barpo etilayotgan yangi, zamonaviy 3 qavatli bino qurilishi jarayonlari bilan joyida tanishdi.

👉 Ma’lumki, ushbu sport maktabi 1963-yilda angar ko‘rinishida qurilgan bo‘lib, bugungi zamon talablari va sport infratuzilmasiga qo‘yiladigan standartlarga to‘liq javob bermas edi. Endilikda uning o‘rnida barcha zamonaviy talablar asosida loyihalashtirilgan, keng va qulay, ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlanadigan yangi sport majmuasi qad rostlamoqda.

💠 Yangi bino – bu shunchaki qurilish emas. Bu – yosh sportchilar uchun munosib sharoit, sog‘lom turmush tarzi va yuqori natijalar sari yaratilayotgan mustahkam zamin.

💠 Tanishuv davomida qurilish sifati, loyiha talablari va muddatlarga qat’iy rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

👉  Mas’ullarga ishlarni yuqori darajada va belgilangan standartlarga muvofiq yakunlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Korrupsiyaga qarshi kurashish: yangi qonun – yangi mexanizmlar
24.06.2026, 17:32
Korrupsiyaga qarshi kurashish: yangi qonun – yangi...

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan O‘RQ–1155-son Qonun korrupsiyaga qarshi kurashish ti...

Ko‘p kvartirali uylarda yashovchilar umumiy foydalanishdagi joylar, uyga tutash hudud, muhandislik tarmoqlari hamda umumiy mol-mulkdan foydalanishda belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilishi shart.
23.06.2026, 10:38
Ko‘p kvartirali uylarda yashovchilar umumiy foydal...

Umumiy joylarni ifloslantirish, ularga zarar yetkazish, o‘zboshimchalik bilan qurilish yoki o‘zgartirish ishlarini amalg...

Toshkentda jamoat transporti ustuvorligi kuchaymoqda: “A” yo‘laklariga deliniatorlar o‘rnatilmoqda
22.06.2026, 15:27
Toshkentda jamoat transporti ustuvorligi kuchaymoq...

Toshkentda avtobuslar harakati uchun “A” toifasidagi alohida yo‘laklarni bosqichma-bosqich joriy etish ishlari davom etm...

Jahon chempionati doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘yinlari arafasida Toshkentda futbol anjomlari sotiladigan savdo nuqtalari ish boshladi.
22.06.2026, 10:19
Jahon chempionati doirasida O‘zbekiston milliy ter...

👕Bu yerda o‘zingiz, poytaxt mehmonlari uchun yoki shunchaki tarixiy futbol voqeasi haqida esdalik sifatida terma jamoam...

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya