- Toshkentdan gapiramiz
- 15.06.2026, 11:45
Toshkentda renovatsiya loyihalarini amalga oshirish ishlari boshlandi.
➡️Birinchi bosqichda aholini, tashabbuskor guruhlarni va loyiha tarafdorlarini uning tafsilotlari, amalga oshirish tartibi, taklif etilayotgan hududlar, ko‘chirish shartlari hamda boshqa muhim masalalar bilan bevosita tanishtirish ko‘zda tutilgan.
Poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqov boshchiligidagi ishchi guruh Yashnobod, Mirobod va Sergeli tumanlaridagi renovatsiya hududlarida tashkil etilgan shtablar faoliyati bilan tanishdi.
📍Xususan, Yashnobod tumanidagi “Jarqo‘rg‘on”, Mirobod tumanidagi “A. Fitrat” va Sergeli tumanidagi “Xonobodtepa” mahallalarida joylashgan shtablar faoliyati ko‘zdan kechirildi.
🧑💻 Bunday shtablar har bir renovatsiya hududida faoliyat yuritadi. Ularning tarkibiga barcha mutasaddi tashkilot va xizmatlar: hokimliklar, prokuratura, ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya, soliq idoralari, Majburiy ijro byurosi, kommunal xizmatlar, kadastr, adliya, qurilish idoralari, mahalla tuzilmalari vakillari, shuningdek, gaz, elektr, suv va issiqlik ta’minoti masalalari bo‘yicha mutaxassislar, banklar, notariat va boshqa mas’ul tashkilotlar kiradi.
✅Shtablarning asosiy vazifasi – bevosita joylarda bo‘lib, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, renovatsiya mexanizmini tushuntirish, savollarga javob berish, har bir oilaning takliflari, xavotirlari va o‘ziga xos holatlarini qayd etib borishdan iborat.
📊 Aholi bilan uchrashuvlar chog‘ida loyihalarni amalga oshirish tartibi, ko‘chirish, hujjatlarni rasmiylashtirish, kompensatsiya to‘lash, muddatlar, kafolatlar kabi masalalar hamda aholini joylashtirishning eng qulay va maqbul variantlari bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
Shavkat Umurzoqov renovatsiya jarayonida fuqarolarni tayyor yangi uylardagi teng qiymatli xonadonlar bilan ta’minlash ustuvor vazifa bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Bu odamlarga qurilishning tugashini yillar davomida kutib o‘tirmasdan, imkon qadar qisqa muddatlarda – iloji bo‘lsa, o‘sha tumanning o‘zida yoki o‘zlari uchun odatiy shahar muhitida joylashgan shinam xonadonlarga ko‘chib o‘tish imkonini beradi.

Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish – korrupsiyaga qarshi kurashishning muhim vositasi Davlat fuqarolik xizmatc...

🎉O‘zbekiston ovozi ko‘chasida yoshlar uchun bayramona dastur, jonli konsert, milliy o‘yinlar, ijodiy maydonchalar va ko...
Sergeli avtomobil bozori — poytaxtdagi eng yirik transport oqimini shakllantiruvchi hududlardan biri.Bozor sig‘imi jami ...

Toshkent shahar hokimligida “Nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va manfaatlariga daxldor bo‘lgan normativ hu...