- Toshkentdan gapiramiz
- 07.07.2026, 16:27
Sayilgohlar — barchamizning umumiy boyligimiz! 🌿
📍 Shayxontohur tumani, Katta Oqtepa mahallasi Gulxaniy ko‘chasida soy bo‘ylab barpo etilgan zamonaviy sayilgoh bugun aholi, ayniqsa jajji bolajonlar uchun eng sevimli maskanlardan biriga aylandi.
⚽️ Bu yerda bolalar o‘yin maydonchalari, sport maydonlari, futbol, basketbol va tennis maydonchalari tashkil etilgan bo‘lib, soya-salqin daraxtlar, rang-barang gullar va go‘zal manzaralar har bir tashrif buyuruvchining dilini yayratadi. 🌸🌳
🇺🇿 Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tumanlarda bunyod etilayotgan ana shunday maskanlar xalqimiz va poytaxtimiz mehmonlarining mazmunli dam olishi, sog‘lom turmush tarzini olib borishi hamda maroqli hordiq chiqarishi uchun xizmat qilmoqda.
❗️Afsuski, ayrim hollarda davlat mablag‘lari hisobidan bunyod etilgan ushbu maskanlarga ehtiyotsizlik bilan munosabatda bo‘lish, o‘yin maydonchalari va sport jihozlarini shikastlash holatlari ham uchrab turibdi.
🤝 Hurmatli fuqarolar!
Keling, tumanimizda bunyod etilayotgan sayilgohlarni birgalikda asraylik. Ularni ozoda saqlaylik, bolalar maydonchalari va sport jihozlariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘laylik. Zero, bu maskanlar bugungi va kelajak avlodlarimiz uchun xizmat qiladi. 💚
🌿 Sayilgohlarni asrash — har birimizning fuqarolik burchimiz!
🌿 Mahallada 2 200 metr sug‘orish tizimi o‘rnatilib, 1 ta quduq qazildi va ishga tushirildi. 4 600 kv. metr yashil hudu...

15 iyul oyda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doim...

👍 Uchtepa tumanida hududdagi mavjud hamda yangi tashkil etilayotgan mavzelar va geografik obyektlar nomlarini qonunchil...

Mirzo Ulug‘bek tumani Mustaqillik shoh ko‘chasida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, transport oqimini tartibga solish ha...