- Toshkentdan gapiramiz
- 21.07.2026, 16:13
Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari uchun maxsus xizmat
➡️16-iyuldan Toshkent shahar Yoshlar markazida bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash va kasbiy faoliyatini boshlashga ko‘maklashish bo‘yicha maxsus xizmat yo‘lga qo‘yildi.
Bitiruvchilar bu yerda:
— yirik ish beruvchilarning bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishishi;
— bandlik mutaxassislaridan ishga joylashish bo‘yicha maslahat olishi;
— 9 ta tijorat banki vakillari bilan imtiyozli kreditlar va moliyaviy xizmatlar yuzasidan muloqot qilishi;
— kasbiy faoliyatni boshlash bo‘yicha amaliy yordam olishi mumkin.
📍Manzil: Toshkent shahar Yoshlar markazi
🧑💻Oliy ta'lim tashkilotlari kesimidagi tashrif grafigi bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.
Mazkur xizmat 11-sentabrga qadar har kuni soat 09:00 dan 17:00 gacha faoliyat yuritadi.

Toshkent shahrida xotin-qizlar bilan tizimli ishlash samaradorligini yanada oshirish, mavjud muammolarni muhokama qilish...
🏢290-sonli maktabda rekonstruksiya ishlari yakuniy bosqichga yetdi. 📚750 o‘rinli yangi o‘quv binosi qurilishi hisobiga...
📌 Navbatdagi manzil “Do‘stlik” mahallasi bo‘ldi📍 Erta tongdan Yangihayot tumani hokimi, tuman prokurori, tuman IIO FMB...

Qulay shahar muhiti — aniq yechimlar orqaliToshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ...