- Toshkentdan gapiramiz
- 22.07.2026, 15:21
O‘zbekistonda ko‘rsatilayotgan har ikki xizmatning qariyb bittasi Toshkent hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
⚡️2026-yilning 6 oyida poytaxtda xizmatlar hajmi 274,4 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19,4% ga o‘sdi.
📉 Natijada Toshkent respublika xizmatlar bozorining 41,3% ini egallab, mamlakatda 1-o‘rinni saqlab qoldi.
📊 Eng yuqori o‘sish ta'lim xizmatlari (129,3%), moliyaviy xizmatlar (125,8%), shaxsiy xizmatlar (125,7%), aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (124,7%) hamda ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar (121,6%) yo‘nalishlarida qayd etildi.
📊Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi esa 85,9 mln so‘mni tashkil etib, 16,9% ga oshdi.
📊Bu raqamlar Toshkent nafaqat mamlakatning ma'muriy markazi, balki xizmatlar iqtisodiyotining ham yetakchi lokomotivi ekanini ko'rsatmoqda

Toshkent shahrida xotin-qizlar bilan tizimli ishlash samaradorligini yanada oshirish, mavjud muammolarni muhokama qilish...
🏢290-sonli maktabda rekonstruksiya ishlari yakuniy bosqichga yetdi. 📚750 o‘rinli yangi o‘quv binosi qurilishi hisobiga...
📌 Navbatdagi manzil “Do‘stlik” mahallasi bo‘ldi📍 Erta tongdan Yangihayot tumani hokimi, tuman prokurori, tuman IIO FMB...

Qulay shahar muhiti — aniq yechimlar orqaliToshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ...