- Toshkentdan gapiramiz
- 21.04.2026, 10:52
😁 Toshkent shahrida qattiq maishiy chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash holatlari bo‘yicha Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 161-moddasi asosida choralar ko‘rilmoqda.
🗑Jami 1848 ta holat aniqlangan.
🗑Shundan:
— 1709 ta (92%) 3–7 marta takrorlangan holatlar
— 100 ta (5%) 8–12 marta
— 39 ta (2%) 13–23 marta takror sodir etilgan
🌟Tumanlar kesimida:
— Eng ko‘p holat Yashnobodda — 413 ta (shundan 385 tasi qayta-qayta sodir etilgan)
— Keyingi o‘rinlarda Sergeli — 329 ta, Olmazor — 269 ta
— Nisbatan kam holat Bektemirda — 17 ta
E’tiborli jihat:
🛶Ayrim hududlarda (masalan, Sergeli) og‘ir takroriy holatlar (13–23 marta) 39 tagacha yetgan. Bu esa ayrim fuqarolar qoidalarni muntazam ravishda buzib kelayotganini ko‘rsatadi.
🇺🇦 Fuqarolardan qattiq maishiy chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash qonunbuzarlik ekanini unutmasliklarini so‘raymiz.
♻️ Bunday holatlar uchun jarima qo‘llanilishi boshlanganligini ma’lum qilamiz

TTZ-2 mavzesida kengaytirilgan perronga ega yangi bekat ish boshlamoqda. Endilikda bu yerda hatto tig‘iz vaqtlarda ham k...
🏆Toshkent shahrida xotin-qizlarni ommaviy sportga keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ularnin...

🟡Tantanali ochilish marosimida Uchtepa tuman hokimi B. Mamadjanov hamda Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ij...
Bir oqshomga shahar katta ochiq sahnaga aylanadi: bir vaqtning o‘zida bir nechta nuqtada suv, yorug‘lik, musiqa va jonli...