- Toshkentdan gapiramiz
- 25.05.2026, 14:56
Hurmatli fuqarolar!
Mirzo Ulug‘bek hamda Yakkasaroy tumanlaridagi ayrim mavze va ko‘chalarni nomlash va qayta nomlash taklif etilmoqda.
Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha Toshkent shahar komissiyasiga Mirzo Ulug‘bek hamda Yakkasaroy tumanlari hokimliklarining tumanlar hududidagi ayrim mavze va ko‘chalarni nomlash va qayta nomlash bo‘yicha takliflari kelib tushgan.
Toshkent shahar hokimligi, “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4¹-moddasiga muvofiq, mahalliy aholining fikrini o‘rganish maqsadida, poytaxt aholisini Mirzo Ulug‘bek hamda Yakkasaroy tumanlaridagi ayrim mavze va ko‘chalarni nomlash va qayta nomlash yuzasidan o‘z fikrini https://geonom.tashkent.uz saytida bildirishga taklif etadi.
Shu bilan birga, aholi fikri quyidagi shakllarda ham qabul qilinadi:
Og‘zaki ravishda: +998-71-210-04-13 telefon raqamiga (ish kunlari soat 09:00-dan 17:00-gacha) murojaat qilish orqali;
Yozma: 100060, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Islom Karimov shohko‘chasi, 51-uy pochta manziliga xat yuborish orqali;
Elektron shaklda: geonom@digitaltashkent.uz elektron pochtasiga xat yuborish yo‘li bilan.
Mahalliy aholi o‘z fikrini joriy yilning 25-may kunidan 8-iyun kuniga qadar bildirishi mumkin.

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Vasila Alimova tomonidan mahallalarda bolalar uchun xavfsiz va zam...
Joriy yilning mart oyidan buyon Yo‘l harakatini tashkillashtirish markazi mutaxassislari Toshkentning turli tumanlarida ...
🚿Mahallada 1 240 metr uzunlikdagi sug‘orish tizimlari o‘rnatildi, 5 ta ko‘p qavatli uyning fasad qismi ta’mirlandi, 6 0...

📈Sessiyada poytaxtning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, aholi murojaatlari bilan ishlash, qonuniylikni ta’minlash hamda shaha...