Toshkent shahar hokimiyati rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

🚦 Toshkentda 90 kun ichida nimalar o‘zgardi?

“Dolzarb 90 kun” dastur doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

📊 3 oy ichida (1-martdan 1-iyungacha) quyidagi natijalarga erishildi:

— Shaharning 271 ta yirik chorrahasi va piyodalar o‘tish joylarida yangilash ishlari amalga oshirildi, ularda 3 946 ta “aqlli” svetofor qurilmalari ishga tushirildi;

— Transport oqimi yuqori bo‘lgan ko‘chalar tahlil qilinib, 264 kilometrdan ortiq yo‘llarda harakatni tashkil etish loyihalari ishlab chiqildi;

— 220 dan ortiq avtobus bekatlari zamonaviy ko'rinishda yangidan qurildi va rekonstruksiya qilindi. Yangi bekatlar qulay o‘rindiqlar, videokuzatuv tizimlari, elektron tablolar, “SOS” tugmalari va boshqa zamonaviy yechimlar bilan jihozlanmoqda;

— Bekat hududlari kengaytirilib, yo‘lovchilar uchun yanada qulay sharoit yaratildi. Yangi perronlar avtobus eshigi balandligiga mos holda qurilayotgani sababli yo‘lovchilar avtobusga deyarli bir qadam bilan chiqib-tushish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda;

— Avval svetofor bilan himoyalanmagan qator piyodalar o‘tish joylarida yangi svetofor obyektlari o‘rnatilib, piyodalar xavfsizlik darajasi oshirildi;

— 3 754 ta yangi yo‘l belgisi o‘rnatildi hamda 174 kilometr yo‘l chiziqlari zamonaviy texnologiyalar asosida yangidan chizildi;

Qisqa muddat ichida qariyb 720 ming kvadrat metrga yaqin yo‘l qoplamasi ta’mirlanib, so‘nggi yillardagi eng yirik yo‘l-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

📈 Natijada:

✅ Har soatda o‘rtacha 160 ming nafardan ortiq piyodaning xavfsiz harakatlanishi ta’minlanmoqda;
✅ Transport vositalarining yo‘lda sarflaydigan harakat vaqti qisqarmoqda;
✅ Yo‘l harakati xavfsizligi va jamoat transportidan foydalanish qulayligi yangi bosqichga olib chiqilmoqda.

🚀 Erishilgan natijalar — katta o‘zgarishlarning dastlabki bosqichi, xolos. Transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, yo‘l harakati xavfsizligini oshirish va jamoat transporti jozibadorligini kuchaytirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettiriladi.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
O‘zbekistonda ko‘rsatilayotgan har ikki xizmatning qariyb bittasi Toshkent hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
22.07.2026, 15:21
O‘zbekistonda ko‘rsatilayotgan har ikki xizmatning...

⚡️2026-yilning 6 oyida poytaxtda xizmatlar hajmi 274,4 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19,...

2026-yilning 6 oyida Toshkent shahrida investitsiyalar va iqtisodiy rivojlanish yo‘nalishida erishilgan asosiy natijalar
22.07.2026, 10:52
2026-yilning 6 oyida Toshkent shahrida investitsiy...

2026-yilning birinchi yarmida Toshkent shahri investitsiyalarni jalb etish hamda iqtisodiy rivojlanish sur’atlari bo‘yic...

Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari uchun maxsus xizmat
21.07.2026, 16:13
Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari uchun max...

➡️16-iyuldan Toshkent shahar Yoshlar markazida bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash va kasbiy faoliyatini boshlashga ko‘...

Mahallalarida obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi
21.07.2026, 11:25
Mahallalarida obodonlashtirish va infratuzilmani y...

➡️ Bugun Bektemir tumani hokimi N. Abduraxmanov boshchiligida tumanda faoliyat yuritayotgan tashkilotlar hamda kommunal ...