- Toshkentdan gapiramiz
- 03.07.2026, 17:21
Yakkasaroy tumani, “BETER BEST” MCHJ qurilish obyektida yuzaga kelgan holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Mazkur hududdagi kanalizatsiya tarmog‘ida sodir bo‘lgan texnik nosozlik oqibatida quvurga shikast yetgan. Natijada yer qoplamasining qisman cho‘kishi va o‘pirilishi kuzatilgan.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
Ayni vaqtda vaziyat to‘liq nazoratga olingan. Voqea joyida Shahar masʼul mutassadilari, tegishli kommunal xizmatlar hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan tezkor o‘rganish va tiklash ishlari olib borilmoqda.
Mutaxassislar tomonidan hodisaning kelib chiqish sabablari aniqlanib, nosozlikni bartaraf etish, hududni xavfsiz holatga keltirish hamda bunday holatlarning takrorlanishining oldini olish yuzasidan zarur choralar ko‘rilmoqda.
Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar o‘rganish ishlari yakunlangach, jamoatchilikka ma’lum qilinadi.
✍️ Yakkasaroy tumani hokimligi Matbuot xizmati

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Vasila Alimova tomonidan mahallalarda bolalar uchun xavfsiz va zam...
Joriy yilning mart oyidan buyon Yo‘l harakatini tashkillashtirish markazi mutaxassislari Toshkentning turli tumanlarida ...
🚿Mahallada 1 240 metr uzunlikdagi sug‘orish tizimlari o‘rnatildi, 5 ta ko‘p qavatli uyning fasad qismi ta’mirlandi, 6 0...

📈Sessiyada poytaxtning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, aholi murojaatlari bilan ishlash, qonuniylikni ta’minlash hamda shaha...