Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent davlat tibbiyot universiteti yaqinida hind tilida yozilgan reklama peshlavhasi o‘rnatilgani haqida xabarlar tarqaldi

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar hokimlgi ishchi guruhi tomonidan bundan bir necha kun avval o‘rganish o‘tkazilib, reklama peshlavhasi belgilangan tartibda ruxsat hujjatlarisiz — noqonuniy o‘rnatilgani aniqlandi.

📖Peshlavhada “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun talablariga zid ravishda axborot berish qoidalariga rioya etilmagan, shuningdek, “Reklama to‘g‘risida”gi qonun talablari buzilgan.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, reklama axborotlari O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida bo‘lishi, zarurat bo‘lsa boshqa tillarda ham berilishi mumkin, biroq bu holatda ham davlat tilidagi matnning ustuvorligi saqlanishi, reklama materiallari qonuniy joylashtirilishi shart.

Aniqlangan qoidabuzarliklar asosida noqonuniy o‘rnatilgan reklama peshlavhasi belgilangan tartibda demontaj qilindi. 

Eslatma: Toshkent shahar hokimligi tadbirkorlik subyektlari reklama peshlavhalari, bannerlar hamda tashqi axborot vositalarini o‘rnatishda ruxsat berish tartibiga, shuningdek, davlat tili va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya etishga chaqiradi. Qonunbuzarlik holatlari aniqlangan taqdirda, reklama materiallari demontaj qilinadi hamda mas’ullarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘riladi.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Joylarda amaliy ishlar o‘rganildi
10.02.2026, 12:25
Joylarda amaliy ishlar o‘rganildi

Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonov hamda tegishli sohaviy tashkilotlar mas’ullari, Chilon...

Olmazor tumani sport maktabi hududida “Yong‘in xavfsizligi” oyligi doirasida Olmazor tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi bilan hamkorlikda o‘quv-seminar tashkil etildi
06.02.2026, 10:38
Olmazor tumani sport maktabi hududida “Yong‘in xav...

Mazkur seminarda yong‘in xavfsizligi qoidalari, favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakat qilish, tezkor choralar ko‘rish bo...

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov boshchiligidagi ishchi guruh Yangihayot tumanidagi investitsiya loyihalarining amalga oshirilish jarayonini o‘rgandi.
05.02.2026, 16:16
Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov boshchili...

O’rganish doirasida bir qator faoliyat yuritayotgan va rivojlanayotgan korxonalar ko‘zdan kechirildi. Ular orasida JAC i...

Chilonzorda FVV o‘quv mashqlari
04.02.2026, 11:51
Chilonzorda FVV o‘quv mashqlari

FVV vazirining birinchi o‘rinbosari, Toshkent shahar FVBB boshlig‘i birinchi o‘rinbosari hamda Chilonzor tumani FVB rah...

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya