Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov Vision Invest kompaniyasi prezidenti va bosh direktori Omar Al Midani boshchiligidagi vakillari bilan uchrashdi.

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov Vision Invest kompaniyasi prezidenti va bosh direktori Omar Al Midani boshchiligidagi vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda nafaqat Toshkent shahri, balki butun O‘zbekiston Respublikasining ishonchli hamkori va yaqin do‘sti sifatida qaralayotgan Saudiya  tomoni bilan hamkorlikning joriy darajasiga yuqori baho berildi. Tomonlar o‘rtasidagi iliq va ishonchli munosabatlar alohida ta’kidlandi.

Suhbatdoshlar O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi 1992-yilda o‘rnatilgan diplomatik aloqalar so‘nggi yillarda sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilganini qayd etishdi. Hamkorlik amaliy tus olib, aniq loyiha va tashabbuslar orqali amalga oshirilmoqda. Erishilgan sheriklik va ishonch darajasi boshqa davlatlarda ham qiziqish va hurmat uyg‘otayotganiga ishonch bildirildi.

Saudiya kompaniyalarining O‘zbekistondagi, xususan energetika va aviatsiya sohalaridagi muhim loyihalarni amalga oshirishdagi ishtirokiga alohida e’tibor qaratildi. Bunda hamkorlikning asosiy omili sifatida investitsiyalar hajmi emas, balki o‘zaro ishonch va strategik yaqinlikning yuqori darajasi ta’kidlandi.

Uchrashuv doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan investorlar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar, shuningdek, yo‘l infratuzilmasi, mehmondo‘stlik va turizm, chiqindilarni qayta ishlash hamda suvni tozalash sohalaridagi amalga oshirilayotgan va istiqbolli yirik loyihalar haqida ma’lumot berildi.

Bundan tashqari, uchrashuv ishtirokchilari "Yangi avlod" MIZ  faoliyati va unda investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar bilan tanishtirildi.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Joylarda amaliy ishlar o‘rganildi
10.02.2026, 12:25
Joylarda amaliy ishlar o‘rganildi

Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonov hamda tegishli sohaviy tashkilotlar mas’ullari, Chilon...

Olmazor tumani sport maktabi hududida “Yong‘in xavfsizligi” oyligi doirasida Olmazor tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi bilan hamkorlikda o‘quv-seminar tashkil etildi
06.02.2026, 10:38
Olmazor tumani sport maktabi hududida “Yong‘in xav...

Mazkur seminarda yong‘in xavfsizligi qoidalari, favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakat qilish, tezkor choralar ko‘rish bo...

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov boshchiligidagi ishchi guruh Yangihayot tumanidagi investitsiya loyihalarining amalga oshirilish jarayonini o‘rgandi.
05.02.2026, 16:16
Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov boshchili...

O’rganish doirasida bir qator faoliyat yuritayotgan va rivojlanayotgan korxonalar ko‘zdan kechirildi. Ular orasida JAC i...

Chilonzorda FVV o‘quv mashqlari
04.02.2026, 11:51
Chilonzorda FVV o‘quv mashqlari

FVV vazirining birinchi o‘rinbosari, Toshkent shahar FVBB boshlig‘i birinchi o‘rinbosari hamda Chilonzor tumani FVB rah...

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya